FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

Hurmatli Ichki ishlar organlari generallari, ofitser va serjantlari, safdor hamda xizmatchi xodimlari!

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari ushbu xizmat tashkil topgan vaqtdan bugungi kunga qadar mamlakatimiz milliy manfaatlari, suvereniteti, hududiy yaxlitligi hamda aholining tinch hayotini himoya qilishda jonbozlik namunalarini ko‘rsatib kelmoqdalar.

Ayniqsa, bugungi Yangi O‘zbekiston davrida amalga oshirilayotgan shiddatli va o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, tarixiy islohotlarda Ichki ishlar organlari xodimlarining jonbozligi, ko‘rsatayotgan fidoyilik namunalari ulkan tahsin va e'tirofga sazovor, desak aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Hozirgi kunda barcha sohalar qatori Ichki ishlar organlari tizimlarida ham olib borilayotgan yangilanishlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini munosib himoya qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini himoya qilishni ta'minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonun buzilishiga murosasizlik munosabatini shakllantirishda o‘ziga xos omillardan bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, jamiyatimizda sog‘lom ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy muhitni qaror toptirib, odamlarning hayotdan rozi, farovon bo‘lib yashashlari uchun o‘ziga xos zamin yaratmoqda. 

Shubha yo‘qki, bu soha – mardlar, fidoyilar kasbi. Kerak bo‘lsa, elu yurt tinchligini saqlash yo‘lida o‘z xizmat vazifasini bajarishda nechalab yurt farzandlari mardlarcha halok bo‘lganlar. Albatta, ularning pok ruhlari, ko‘rsatgan matonat hamda jasoratlari bir umr qalblarimizda mangu va barhayot yashaydi. 

Qadrli soha xodimlari!

Sizlarni 25 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan qizg‘in muborakbod etish bizga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi. 

Shunday quvonchli lahzalarda barchangizga, avvalo, mustahkam salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, g‘oyat sharafli va mashaqqatli vazifangizda ulkan omad-muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin, deymiz! 

Kasb bayramingiz yana bir bor qutlug‘ bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Vazir general-leytenant T. Xudaybergenov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech