FVV ogohlantiradi:
27 oktabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 15-20*S gacha iliq bo'ladi.

Hushyorlik – hotirjamlik garovi: profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning quyi tizimi xodimlari, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumini betalofatlar o‘tkazish maqsadida, viloyat hududida joylashgan aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha ob'ektlari hamda boshqa maskanlarda is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Tadbirlar davomida aniqlangan kamchiliklar tegishli mutaxassislar tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech