Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Hushyorlik – xavfsiz hayot kafolati: Farg‘onada profilaktik tadbirlar

Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishi asosida FVV vakillari hamda viloyat FVB xodimlari Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. 

Tadbirlar davomida aholi yashash xonadonlarida gaz anjomlaridan xavfsiz foydalanish, isitish tizimi, dudburonlarning sozligini tekshirish va tozalash ishlari, xonadonlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.  Bundan tashqari, mahallalar hududidagi ko‘p qavatli uylarning dudburonlari va gaz plitalari ham nazoratdan o‘tkazilib, nosozlari soz holga keltirildi.

Fuqarolarga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda “Hududgazta'minot” idorasi tomonidan hamkorlikda tayyorlangan 500 dan ortiq eslatma va yo‘riqnomalar tarqatildi.

Bu kabi tadbirlar respublika bo‘ylab o‘tkazib kelinmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech