FVV ogohlantiradi:
19 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10*S iliq, kunduzi 22-27*S gacha iliq bo'ladi.

Hushyorlikka chorlovchi kunlar: Qarshi shahrida profilaktik tadbir

Havo harorati isishi bilan insonlarni cho‘milishga bo‘lgan ehtiyojlari ortadi. Bu borada ayrim fuqarolarimizning ruxsat etilmagan joylarda cho‘milishi oqibatida ko‘ngilsiz hodisalarga duch kelishi bor gap.

Shu boisdan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan hududlarda suvda cho‘kish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqasdida profilaktik tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, kuni kecha Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning quyi tizimi xodimlari Qarshi shahar hududidan oqib o‘tuvchi kanalda cho‘milayotgan fuqarolar bilan ta'qiqlangan joylarda cho‘milish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish borasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida soha xodimlari tomonidan hushyorlikka chorlovchi eslatma hamda bukletlar tarqatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech