FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

Idoralararo kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi

2018 yil 18 iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda,Vazirning birinchi o‘rinbosari - Idoralararo kengash raisi A.X.Qo‘ldoshev, Idoralararo kengash a’zolari, ekspertlar va vazirlik xodimlari(jami 35 nafar ishtirokchi) ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Idoralararo kengash raisi A.X.Qo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochib, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 dekabrdagi 985-sonli qaroriga asosantashkil etilgan ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengashning avvalgi yig‘ilishlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, yig‘ilish kun tartibiga qator masalalar kiritilganligini ta’kidladi.

Yig‘ilish kun tartibida aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ilmiy-texnik muammolarni echimiga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning amalga oshirish shakllarini tasdiqlash, Idoralararo kengashning2018 yildagi asosiy tadbirlar rejasi bo‘yicha 2-yarim yillikda amalga oshiriladigan tadbirlar muhokamasi, ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro tashkilotlar grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish masalalari muhokamasi o‘rin oldi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan, Ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengashning yig‘ilishlarda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi oldida turgan va o‘z echimini kutayotgan ilmiy-texnik muammolar, ilmiy jihatdan yondashuvni talab etadigan ehtiyojlarni shakllantirilganligi ta’kidlandi.

Idoralararo kengash tomonidan soha uchun dolzarb ahamiyat kasb etadigan 45 ta ilmiy-texnik muammolar belgilanib, mazkur ilmiy-texnik muammolarning echimi algoritmini ishlab chiqish maqsadida respublikadagi faoliyat yo‘nalishi sohaga mos keluvchi 41 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari, ilm-fan markazlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tizimi ishlab chiqildi.

Ilmiy-texnik muammolar echimlari bo‘yicha 86 ta ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari, amalga oshirish shakllari, bajaruvchi tashkilotlar ro‘yxati shakllantirildi. Ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning amalga oshirish shakllari tasdiqlanib, mazkur hujjat Innovatsion rivojlanish vazirligiga ekspertizadan o‘tkazish, moliyalashtirish hamda amaliyotga tatbiq etish uchun yuborilishi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilish davomida soha bo‘yicha amalgi oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro tashkilotlar grant mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish, mazkur sohaga xorijiy investitsiyalarini jalb qilish masalasi ham muhokama etildi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayoniga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro tashkilotlar grant mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish tartiblari haqida Investitsiya davlat qo‘mitasidan tashrif buyurgan mutaxassislar atroflicha tushintirishlar berishdi.

Yig‘ilish baxs-munozaralarga boy, konstruktiv tarzda o‘tkazilib, ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha Idoralararo kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

 FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech