Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
21 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ngarchilik kutilmaydi. Shamol shardan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 30-35C issiq bo'ladi.

Idoralararo kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

2019 yil 6 mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda, Vazirning birinchi o‘rinbosari – Idoralararo kengash raisi A.X.Qo‘ldoshev, Idoralararo kengash a’zolari, ekspertlar va vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Idoralararo kengash raisi A.X.Qo‘ldoshev kirish so‘zi bilan, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 dekabrdagi 985-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengashning avvalgi yig‘ilishlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, yig‘ilish kun tartibiga qator masalalar kiritilganligini ta’kidladi.

Yig‘ilish kun tartibida Idoralararo kengashning 2018 yildagi faoliyati tahlili va 2019 yil ish rejasiga asosan amalga oshiriladigan tadbirlari muhokamasi, Rossiya Federatsiyasi FVV va Belarus Respublikasi FVV bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhini shakllantirish, yil davomida o‘tkazilish rejalashtirilgan ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.

Idoralararo kengash 2018 yildagi faoliyati davomida Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi oldida turgan va o‘z echimini kutayotgan ilmiy-texnik muammolar, ilmiy jihatdan yondashuvni talab etadigan ehtiyojlar ro‘yxatini shakllantirdi va tasdiqlandi. Ushbu dolzarb ilmiy-texnik muammolar echimlari qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari, amalga oshirish shakllari va tizimi tasdiqlandi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligiga ushbu ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqish uchun yuborildi. 

Shuningdek, Idoralararo kengash tomonidan 2018 yilda 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 10 ga yaqin ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida Rossiya Federatsiyasi FVV hamda Belarus Respublikasi FVV bilan imzolangan hamkorlik rejalariga asosan 2019-2020 yillarda aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish tadbirlari rejalashtirilgan bo‘lib, Idoralararo kengash tomonidan ushbu ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhi shakllantirildi.

Yig‘ilish baxs-munozaralarga boy, konstruktiv tarzda o‘tkazilib, ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha Idoralararo kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

 

FVV Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

Йўл-трансрпорт ҳодисаларини олдини олишга бағишланган давра суҳбати ўтказилди

Жорий йилнинг 17 май куни Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг Мажлислар залида вазирлик шахсий таркиб ўртасида ҳарбий интизомни мустаҳкамлаш, ҳуқуқбузарлик ва қонун бузилиши ҳолатларини олдини олиш, ҳа…

Ўзбекистон миллий матбуот марказида “2019 йилда сел-тошқин ва ер кўчки ҳодисалари билан боғлиқ фавқулодда вазиятлардан аҳолини ва ҳудудларни муҳофаза …

2019 йил 15 май куни Ўзбекистон Миллий матбуот марказида Фавқулодда вазиятлар вазирлиги томонидан 2019 йилда сел-тошқин ва ер кўчки ҳодисалари билан боғлиқ фавқулодда вазиятлардан аҳолини ва ҳудудларн…

Қувноқлар ва зукколар кўрик танловининг тўртинчи босқичи ўтказилди

Жорий йилнинг 14 май куни Фуқаро муҳофазаси институти ва Ўзбекистон Республикаси Ёшлар иттифоқи Тошкент вилояти ҳудудий кенгаши билан ҳамкорликда Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институтидаҚувноқл…

Наманган вилоятида «Қувноқлар ва зукколар” кўрик танловининг навбатдаги босқичи ўтказилди

Куни кеча Наманган вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси ва вилоят Ёшлар иттифоқи кенгаши билан ҳамкорликда Наманган шаҳридаги Ёшлар марказида Андижон, Наманган вилоятлари ҳамда Қамчиқ махсус қидиру…

Хоразм вилоятида “Қувноқлар ва зукколар - 2019” кўрик танлови ўиказилди

Куни кеча Хоразм вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси ҳамда вилоят Ёшлар иттифоқи билан биргаликда Хоразм вилоятининг Урганч шаҳрида жойлашган Ёшлар маркази биносида, Қорақалпоғистон Республикаси, …

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech