FVV ogohlantiradi:
28 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, shimoliy cho‘l hududlarida 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo‘ladi.

Idoralararo kengashning yig‘ilishi o‘tkazildi

2017 yil 29 dekabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M.Djurayev, ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengash a’zolari, vazirlik xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M.Djuraev kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2789-sonli qarori va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan 35 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligi, respublikada ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirishda keng ko‘lamdagi tizimli o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5066-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida vazirlik tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga ham yo‘naltirilgan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 dekabrdagi 985-sonli qaroriga asosan, aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengash tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori sohada mavjud muammolarni ilmiy yechimini topishga, fan va texnologiyalarni, ilmiy-tadqiqot, innovatsion g‘oyalar hamda tajriba konstruktorlik faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini sohaga tadbiq etish masalalariga qaratilgan.   

Yig‘ilish kun tartibida Idoralararo kengashning maqsad va vazifalari, Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish tizimining oldida turgan ilmiy-texnik muammolar, bu sohada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlili, Idoralararo kengashning 2018 yildagi ish rejasi va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha Idoralararo kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

FVV Matbuot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech