FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon shahar 2-mikrorayondagi bog‘cha yonyapti” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot

Bugun, 20 sentyabr kuni soat 11:30 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Andijon shahar 2-kichik dahasida joylashgan 38-bolalar bog‘chasi hududida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va yong‘in qisqa muddatda to‘liq bartaraf etilgan.

Aniqlanishicha bog‘chada ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli vaqtincha ish faoliyati to‘xtatilgan. Yong‘in oqibatida bog‘cha hadudida 2 kv.m maydonda qurilish chiqindilari va xas-xashaklar yongan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech