FVV ogohlantiradi:
21 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda Korakalpok, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida kor yomg'ir yog'ib tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat). Harorat 0-5 C iliq' bo'ladi.

IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATILDI

Xorazm viloyatining eng olis hududlarida yashovchi aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, yordamga muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri S.Berdiqilichev va Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i R.Urmanovlar boshchiligidagi ishchi guruh, joriy yilning 4 dekabr kuni Xorazm viloyatining eng chekka hududi hisoblanmish Xazorasp tumaniga qarashli Tuproqqal’a mavzesida bo‘lishdi.

Ular tomonidan, kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, yordamga muhtoj 10 nafar aholi xonadonlariga jami 500 kg un, 50 litr pista yog‘i, 50 kg makaron, 200 kg.dan ziyod kartoshka, sabzi, piyoz kabi poliz mahsulotlari, 240 dona yaxna ichimliklar va boshqa shu kabi ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan oziq ovqatlar va shirinliklar ulashildi.

Shu bilan birgalikda, mazkur fuqarolarimizni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech