FVV ogohlantiradi:
7 mart kuni ob-havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg'irgarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m / s tezlikda esadi (25-43 km / soat). Kechasi 0-5*C iliq', kunduzi 8-13*C daraja issiq bo'ladi.

Ikki insonning hayoti saqlab qolindi

2018 yilning 8 iyul kuni tahminan soat 19.40 larda, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Ataev tomonidan Shovot kanalida cho‘kayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish kerakligi bo‘yicha xabar kelib tushdi. Unga ko`ra 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro U.Q. ruxsat etilmagan joyda cho‘milayotgan vaqtida kuchli oqim oqizib ketganligi hamda unga yordam berish maqsadida do`sti M.I suvga sho‘ng‘ib kanalining ko‘prigi ostida uni ushlab qolganligi bildirilgan. Maskur holat yuzasidan qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib kelib, olib borilgan harakatlar natijasida jabrlanuvchilar o`z vaqtida qutqarib qolindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech