FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

Ikki nafar fuqaro yong‘indan saqlab qolindi

Joriy yilning 12 yanvar kuni soat 11:13 da Toshkent viloyati, Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga, Chirchiq shahar 8-kichik daha 9-uyda yashovchi fuqarolar tomonidan ushbu uyning 41-xonadonida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqidagi xabar kelib tushgan. Mazkur xabar yuzasidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida ko‘rgan tezkor harakatlari natijasida ushbu xonadonda istiqomat qiluvchi 1950 yilda tug‘ilgan fuqaro K.A. hamda uning nabirasi 2018 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Sh.D.lar alanga ichidan olib chiqilgan. Ularga tez-tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Tan jarohatlari aniqlanmagan. 

Hodisa oqibatida uyning 30 kv.m. maydoni zarar ko‘rgan bo‘lsa, qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari bilan xonadonning 60 kv.m. maydoni saqlab qolingan.     

Daslabki surishtiruv ishlari davomida sodir bo‘lgan yong‘inning taxminiy kelib chiqish sababi, bolalar sho‘xligi oqibatida yuzaga kelganligi deb tahmin qilinmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech