Kuni kecha Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan "Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni zilzilada harakat qilishga tayyorlash"ga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy materiallarni aholiga yetkazishga qaratilgan ilmiy-amaliy seminar - trening o‘tkazildi. Seminar-trening yakunida FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tadbir ishtirokchilariga tarqatildi.