Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Ilonlar topilmadi, lekin...

2018 yil 30 mart kuni soat 12:15da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navbatchi-dispetcherlik xizmati “1050” tezkor raqamiga Guliston shahri 4-mavze shirkatining raisi Abdug‘ani Shodmonov qo‘ng‘iroq qilib, 3-uyning yerto‘lasida ilonlar borligi va ular aholi sog‘ligiga xavf solishi mumkinligini aytib yordam so‘radi.

Yordam ko‘rsatish maqsadida boshqarma mas’ul navbatchisi Sh.Sarkayev boshchiligida 3 nafar qutqaruvchi tez orada belgilangan manzilga yetib borishdi. Voqea joyidagi vaziyat o‘rganilganda 3-uyda yashovchi fuqarolar yerto‘la tagiga bir nechta zaharli ilonlar kirib ketganligi to‘g‘risida guvohlik berishadi. Qutqaruvchilar yerto‘la ichi va atrofini qirishganlarida ilonlarni topishni imkoni bo‘lmadi.

Ilonlar topilmaganligiga qaramasdan FVB mas’ul navbatchisi Sh.Sarkayev vaziyatni to‘g‘ri baholadi va yuzaga kelgan holatni to‘la bartaraf etish uchun Guliston shahar DSENM xodimlarini jalb qildi. DSENM xodimlari tomonidan 3-uy atrofi va yerto‘lasi o‘tkir hidli purkovchi dori vositalari (xasharotlar va sudralib yuruvchilarni hayiqtiruvchi – is chiqaruvchi vosita) bilan  zararsizlantirildi.  

Avvalroq, vazirlikning hududiy boshqarmalaridagi har bir  qutqaruv otryadida ilonlarni va zaharli bo‘g‘imoyoqlilarni tutish bo‘yicha bilim egallagan mutaxassis-qutqaruvchilar borligini ma’lum qilgandik.

Hurmatli fuqarolar, bu kabi holatlarga duch kelganingizda FVV “Tezkor raqamlari” (+998971) 147-10-50 yoki 1050 orqali qutqaruvchilarni chaqirishingiz mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech