FVV ogohlantiradi:
3 dekabr ob-havo o'zgaruvchan, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarida mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Respublikamizning boshqa hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2*S sovuq - 3*S iliq, kunduzi 5–10*S iliq bo'ladi.

INSON HAYOTI SAQLAB QOLINDI

     2020 yil 20 noyabr tungi soat 02:00larda Buxoro viloyati Romitan tumani Qalaychorbog‘ mahallasida istqomat qiluvchi fuqaro K.R. o‘z boshqaruvidagi “Lasetti” avtomobilida Sepatta qishlog‘i hududida harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, O‘zbekiston kanaliga ag‘darilgan.

    Baxtsiz hodisaning guvohi bo‘lgan fuqaro tomonidan Romitan tumani FVBga xabar berilib, voqea joyiga FVV qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qutqaruv ishlari davomida kanalga ag‘darilgan mashina ichidan olib chiqilgan K.R.ning hayoti saqlab qolinib, zarur yordam ko‘rsatilgan.

     Favqulodda vaziyatlar vazirligi transport boshqaruvchi fuqarolarni yana bir bor ogohlikka chaqirib, baxtsiz hodisa to‘g‘risida qutqaruv xizmatiga tezkor xabar bergan shaxsga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech