Kecha, 5-dekabr kuni soat 10:15 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga O‘rtachirchiq tumanidagi “Tuyabo‘g‘iz” suv omborida baliq yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jalikda qorovul bo‘lib ishlovchi 27 yoshli fuqaro ko‘mir isidan zaharlanib, sog‘lig‘i yomonlashganligi va unga zudlik bilan yordam kerakligi to‘g‘risida tashvishli xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, fuqaroni xavfsiz joyga olib chiqishgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u o‘z uyida.
Inson hayoti saqlab qolindi
- Qo'shildi: 06.12.2022
- Chop etish
- Ko'rishlar: 2170