Joriy yilning 25 noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv bosharmasi tomonidan “O’zbekko’mir” AJ ga qarashli Angren ko’mir konining rahbar va xodimlari ishtirokida o’quv seminari o’tkazildi.
Mazkur o’quv seminarda ishtirokchilariga, is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi, nostandart gaz qurilmalaridan foydalanmaslik, yong’in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, botulizm hamda qutirish bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda to’g’ri harakat qilish borasida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tabiiy va is gazidan hamda ovqatdan zaharlanish bilan bog’liq holatlarning yuzaga kelish sabablari va oqibatlarini ko’rgazmali materillar va maxsus videoroliklar orqali tushuntirib o’tildi.
O’tkazilgan o’quv seminari davomida ishtirokchilarning favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish hamda fuqaro muhofazasi sohasidagi bilim va ko’nikmalari yanada takomillashtirildi.