FVV ogohlantiradi:
11 dekabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Joylarda yomg'ir qor yog'ib,tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayadi. Harorat 8-13C iliq, shimolda 3-8C iliq buladi

Is gazidan ogoh bo‘ling!

2019 yil 17 noyabr kuni soat 03:10larda Namangan viloyati Uychi tumani “Do‘stlik” MFY, Mirishkor ko‘chasidagi uyda 4 nafar fuqaro is gazidan zaharlangan. Voqea joyida 3 nafar fuqaro vafot etgan (xonadon sohibining turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi), 1 nafar fuqaro (xonadon sohibi) tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur mudhish voqea sabablari o‘rganilganda, gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan. Xonadonda qo‘lbola yasalgan isitish pechiga propan gaz balloni rezina shlang orqali ulanib uy ichida foydalanilgan, natijada is gazi hosil bo‘lib, fuqarolar uxlab yotgan vaqtlarida zaharlangan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Aziz hamyurtlar!
Kirib kelayotgan isitish mavsumida gaz va boshqa muqobil yoqilg‘i turlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling. Qo‘lbola va sertifikatlanmagan isitish anjomlaridan foydalanmang. Is gazidan zaharlanishdan o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech