Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Istqibolli rejalar belgilab olindi

Joriy yilning 21-22 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” DUK tomonidan “Soha yo‘nalishi borasida olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi xodimlari ishtirok etib, asosiy e’tibor faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qonuniyligini, ichki bozorni qum-shag‘al materiallari bilan barqaror ta’minlash, shuningdek, bu sohada davlat va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlik rivojlantirishga qaratildi.

Shuningdek, daryo o‘zanlarini tozalash ishlarida ishtirok etayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.

Yig‘ilishning ikkinchi kunida, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani “Kenes” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Qizilsoy” soyi o‘zanini tozalash jarayoni tashkil etildi. Unda, ishtirokchilarga o‘zan tozalash jarayonida asosiy e’tiborni soyning suv o‘tkazish qobiliyatini oshirish, ya’ni o‘zanni loyiha hujjatlarida belgilangan parametrlarda tozalash lozimligi bo‘yicha tushunchalar berildi.

Seminar yakunida bu kabi tadbirlarni kelgusida turli hududlarda, barcha tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilgan holda o‘tkazilishi bo‘yicha kelishib olindi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech