2018 yilning 21 hamda 25 yanvar kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi binosida vazirning birinchi o`rinbosari A.Qo`ldoshev Jahon Bankining K.Takeuchi boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuv davomida tabiiy ofatlar xavfini boshqarish sohasida texnik yordam ko'rsatishnini holati, shuningdek, delegatsiya rejalari muhokama qilindi.
Joriy yilning 22-23 yanvar kunlari Jahon Bankining delegatsiyasi mahalliy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (FVV huzuridagi seysmoprognostik monitoring respublika markazi, Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti) bilan birgalikda Andijon shahriga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida delegatsiya 9 ta ijtimoiy binolarni vizual baholadilar va ular bo`yicha birlamchi ma’lumotlar (binoning qurilgan yili, foydalanishi, o’quvchilar soni va ijtimoiy binolarning asl chizmalari va h.k.z.) to`plandi.
O`rganilgan ma’lumotlar sarhisobi bo`yicha Jahon Bankining K.Takeuchi boshchiligidagi delegatsiyasi O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi binosiga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida, Andijon shahridagi tanlab olingan ijtimoiy binolarga tashrif yakunlari, binolarni seysmik mustahkamligini baholash, shuningdek, “O`zbekistonda tabiiy ofatlarga bardoshlilikni oshirish” loyihasi bo`yicha hamkorlik doirasida rejalashtirilayotgan istiqbolli tadbirlar muhokama qilindi.
FVV Matbuot xizmati