FVV ogohlantiradi:
27-oktyabr kuni ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

“Jizzax qurilish mollari” savdo kompleksi hududida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Ma'lumki, ta'lim va davolash muassasalari, savdo markazlari aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlar sirasiga kiradi va ushbu obyektlarda xavfsizlikni ta'minlash dolzarb masala hisoblanadi. Shu sababli, ushbu maskanlarda xavfsizlik qoidalariga qat'iy amal qilish talab etiladi. Savdo markazlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlashda maskanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor va hunarmandlarning tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar bo`yicha bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirish, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining harakatlarini oldindan rejalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda Sharof Rashidov tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda boshqa tezkor xizmatlar va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar haqiqiy mahorat darsiga aylanadi desak mubolag`a bo`lmaydi.
“Jizzax qurilish mollari” savdo kompleksi hududida o‘tkazilgan mashg‘ulotda ham obyekt hududida xavfsizlikni ta'minlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va uning oqibatlarini qisqa fursatda bartaraf etish bo‘yicha tezkor xizmat vakillarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar sinovdan o‘tkazildi.
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda maskan ma'muriyati va navbatchi mas'ul xodimlari tomonidan tezkor tadbirlarni amalga oshirishdagi amaliy harakatlarini rivojlantirish, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining jangovar tayyorgarligi, ularning yong‘in o‘chirish imkoniyatini oshirish, qutqaruvchilarni murakkab vaziyatlarda o‘z oldiga qo‘yilgan jangovar vazifalarni bajarish qobiliyatini kuchaytirish hamda maxsus xizmatlar hamkorlikni amalda mustahkamlash – ushbu mashg‘ulotning asosiy maqsadlari etib belgilandi.
Mashg‘ulotga Sh.Rashidov tumani, Jizzax shahar va Zarbdor tumanlari favqulodda vaziyatlar bo‘limlaridan 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va boshqa tezkor xizmatlar xodimlari jalb etildi.
Yakunda mashg‘ulot muhokamasi o‘tkazilib, qatnashchilar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar tanqidiy tahlil qilindi. Har bir xizmat xodimlarining favqulodda vaziyatlardagi harakatlari baholanib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni kelgusida takrorlamaslik chora-tadbirlari ko‘rildi.
Ta'kidlash lozimki, mashg‘ulot haqiqatan ham rahbar xodimlar, mutaxassislar, ishchi-xizmatchilar, fuqaro muhofazasi tuzilmalari, avariya-qutqaruv xizmatlarining bilim, tajriba va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi, maxsus texnika vositalarini yana bir bor sinovdan o‘tkazildi, qutqaruvchilar uchun haqiqiy mahorat darsi bo‘ldi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech