FVV ogohlantiradi:
22 fevral kuni ob-havo o'zgaruvchan, Jizzah, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining ayrim joylarida mayda yomgir yogadi. Shamol garbdan 7-12 m/c (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 8-13*C iliq bo'ladi.

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari maktab binosida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishdi

Joriy yilning 11 fevral' kuni soat 12:02da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Jizzax shahrida 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan. Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi 7 daqiqada voqea joyiga yetib bordi va qisqa muddatda yong‘in bartaraf etildi. Yong‘in natijasida bir nechta parta va yumshoq mebel (divan) yonib zararlangan. Hodisa yuzasidan jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagan. Yong‘in sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech