FVV ogohlantiradi:
18 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, respublika bo'yicha yomg'ir yog'ib, kechga yaqin kuchayadi, shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog'ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq – 2*S iliq bo'ladi.

Jizzax viloyatida bayram avtokarvoni harakatlandi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, jahon maydonida milliy qurolli kuchlarimiz nufuzining yanada oshishini ta’minlash maqsadida joylarda qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 29 dekbar kuni Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan bayram avtokarvoni ham hamyurtlarimizga yuqori kayfiyat ulashdi. Ta’kidlash joiz, yurtimizda ishlab chiqarilgan, zamonaviy, eng so‘nggi rusumdagi texnikalardan iborat avtokarvonlar yurtdoshlarimizni bayram bilan qutlash, ezgu tilaklar bildirish bilan birgalikda fuqarolarimizga bayram kunlarida amal qilish lozim bo‘lgan xavfsizlik qoidalarini ham eslatib o‘tishga xizmat qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligi joriy yilning 15 dekabridan
2020 yilning 15 yanvar kuniga qadar davom etadi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech