FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

Jizzax viloyatida FVVning viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari ehtiyotsizlik tufayli quduqqa tushib ketgan keksa ayolni qutqarib qolishdi

     2020 yilning 24-noyabr' kuni ertalab soat 07:30 da Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Lalmikor” MFY hududida istiqomat qiluvchi 69 yoshli fuqaro uy qudug‘idan suv olib chiqmoqchi bo‘lib, ehtiyotsizliq oqibatida quduq ichiga tushib ketgan. Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan katta leytenant Bohodir Norboboev boshchiligidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi qutqaruv guruhi yetib borgan. Quduqning chuqurligi 19 metrni tashkil etadi. Qutqaruvchi Shodiyor Haydarov maxsus arqon yordamida quduqqa tushib, keksa ayolni xavfsiz olib chiqgan. U darhol kasalxonaga yuborildi. Yaxshiyamki, jabrlanuvchi jiddiy jarohatlar olmagan. Shifokorlar uning holatini ijobiy deb baholamoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech