FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Jizzax viloyatida ham sel kuzatildi

Joriy yilning 14 may kuni Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlari hududida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Natijada "Oqqo‘rg‘onlik", "Tinchlik", "H.Olimjon", "Ulug‘bek" hamda "Ziyokor" mahallalarida yomg‘ir suvlari to‘planib, bir nechta xonadonga suv kirdi. Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi hamda 22 nafar qutqaruvchilari tomonidan xonadon egalariga amaliy yordam ko‘rsatilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqini hamda boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oldi olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech