FVV ogohlantiradi:
28-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan, ba'zi joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, shimolda 0-3*S sovuq, kunduzi 10-15*S iliq bo'ladi.

Jizzax viloyatida profilaktik tadbirlar

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, gaz ta'minoti va elektr tarmoqlari korxonalari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida bir qator profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Zarbdor tumanida o‘tkazilayotgan tadbirlarda Oybek, Tinchlik va Shodlik mahallalaridagi elektr transformatorlariga texnik xizmat ko‘rsatildi, Taraqqiyot va Nurafshon mahallaridagi gaz taqsimlash qutilari hamda gaz quvurlari ta'mirlanib, mavsumga shay holatga keltirildi. Shuningdek, 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining isitish tizimi ko‘zdan kechirilib, mo‘rilar tozalandi, eskirgan va foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan elektr uskunalari almashtirildi. Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech