Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Jizzax viloyatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

Joriy yilning 21- fevral kunidan 23-fevral kuniga qadar Jizzax viloyati Zafarobod tumanida “Boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlarining aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlari” mavzusida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘z yakuniga yetdi.O‘quv mashg‘uloti rejasiga ko‘ra dastlab barcha qatnashchilar ishtirokida saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Unda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda zarur vositalar bilan to‘liq ta'minlash va foydalanishga shay holatga keltirish choralari ko‘rildi.Shuningdek, o‘quv mashqi davomida shartli ravishda zilzila sodir bo‘lganligi e'lon qilindi va uning ikkilamchi omillari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, avariya-qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarishda moddiy-texnik ta'minot masalalarini hal etish  bo‘yicha FVDT tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar favqulodda vaziyatlarga qay darajada tayyor ekanliklari amalda ko‘rib chiqildi.

Tadbirlar davomida tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining jabrlanganlarni qabul qilish, zilzila oqibatida sodir bo‘lgan yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, talofat ko‘rgan hududdan jabrlanganlarni qidirib topish va xavfsiz hududga ko‘chirish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish kabi amaliy tadbirlar o‘tkazilib, unda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy quyi tuzilmalari xodimlarining soha yo‘nalishidagi bilim-ko‘nikmalari oshirildi.O‘quv mashg‘uloti davomida boshqaruv shtabi tomonidan barcha avariya-qutqaruv tuzilmalarining harakati muvofiqlashtirib borildi. Shuningdek aholining bunday vaziyatlarda  harakat qilishga tayyorgarlik ko‘nikmalarilari sinovdan o‘tkazildi.

O‘quv mashqi yakunida mutaxassislar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech