Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Jizzax viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi yashil maydonlarni kengaytirish, shahar va qishloqlarda go‘zal bog‘lar yaratish imkonini beradi. Shu maqsadda Jizzax viloyatida ham keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi.

Unda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Zomin tumani hokimligi, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Peshog‘or qishlog‘ida mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqib, 1500 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ushbu umummilliy loyiha doirasida o‘tkzilayotgan ezgu amaliy tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha harbiy xizmatchi va xizmatchilari faol qatnashmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech