2019 yilning 28-30 may kunlari Jizzax viloyati Jizzax shahridagi Forumlar saroyida o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida Respublika musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 14 ta jamoa hamda 112 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Har bir o‘quvchi musobaqada ishtirok etish bilan bir qatorda o‘zlarining ijodiy ishlari namunalari ko‘rgazmasini tashkil etishdi.
Shunday qilib, ishtirokchilar bir necha bosqichda o‘zaro bahslashdilar. Birinchi bosqichda ishtirokchilar favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasiga oid savollarga javob berishdi. Ikkinchi bosqichda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini amalda bajarishgan bo‘lsa uchunchi bosqichda maxsus arqon va asbob-anjomlar yordamida daryoni kesib o‘tish va palatka tiklash ishlarini bajarishdi. To‘rtinchi va beshinchi bosqichlarda arqon yordamida maxsus tugunlar tugish, ular yordamida balandlikka ko‘tarilish va estafetali yugurishda ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar va turli nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlar e’lon qilindi. Jumladan:
“Jamoaning eng yaxshi shiori” nominatsiyasi bo‘yicha Qashqadaryo viloyatining “Lochin” jamoasi;
“Eng yaxshi klubning formasi” nominatsiyasi bo‘yicha Buxoro viloyatining “Qalqon” jamoasi;
“Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan videorolik” nominatsiyasi bo‘yicha Namangan viloyatining “Qalqon” jamoasi;
“Eng yaxshi jamoaning bayrog‘i” nominatsiyasi bo‘yicha Buxoro viloyatining “Qalqon” jamoasi;
“Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan fotoalbom” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent shahar “Afrosiyob” jamoasi;
“Eng yaxshi tashkil etilgan ko‘rgazma” nominatsiyasi bo‘yicha Suxondaryo viloyatining “Lochin” jamoasi;
“Eng yaxshi qutqaruvchi qiz bola” nominatsiyasi bo‘yicha Andijon viloyatidan Mamadaliyeva Zarnigor;
“Eng yaxshi qutqaruvchi o‘g‘il bola” nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo viloyatidan Abdullayev Berdimurod;
“Eng bilimdon jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Jizzax viloyatining “Humo” jamoasi;
“Eng yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatgan jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Farg`ona viloyatining “Tibbiyot posbonlari” jamoasi;
“Eng hamjixat jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Jizzax viloyatining “Humo” jamoasi;
“Eng yaxshi tog‘ tayyorgarligiga ega jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Samarqand viloyatining “Shiddat” jamoasi;
“Estafetada eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Jizzax viloyatining “Humo” jamoasi;
“G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent viloyatining “Kimyogarlar” jamoalari taqdirlandilar.
Musobaqaning umumiy natijalari bo‘yicha hay’at kengashi eng yaxshi jamoalarni aniqlashdi. Unga ko‘ra:
1 o‘rin – Jizzax viloyatining “Humo” jamoasi;
2 o‘rin – Farg`ona viloyatining “Tibbiyot posbonlari”jamoasi;
3 o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Turon” jamoasi;
Shuningdek, musobaqaning “Gran-pri” sovrinini esa Buxoro viloyatining “Qalqon” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Shunday qilib, musobaqa tashkilotchilari g‘oliblarga va barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va diplomlarni tantanali ravishda topshirishdi. Shu bilan birgalikda, o‘quvchilarda bayramona kayfiyat ulashish maqsadida taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi.