FVV ogohlantiradi:
19 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10*S iliq, kunduzi 22-27*S gacha iliq bo'ladi.

JIZZАXDА REYD: UYLАRNING OLDIDАGI SUN’IY TO‘SIQLАR OLIB TАShLАNDI

Ko‘p qavatli uylar oldidagi o‘tish yo‘llari sunʼiy to‘siqlar yoki shaxsiy avtomobillar bilan to‘sib qo‘yilishi juda ko‘p uchraydigan holat. Bu yong‘in vaqtida qutqaruvchilarning tezkor harakatlanishiga xalaqit qiladi, oqibatda, talafotlar ortadi.

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning shahar va tumanlardagi bo‘limlari tomonidan ko‘chalarga va ko‘p qavatli uylarning oldiga o‘rnatilgan 29 ta sunʼiy to‘siqlar aniqlanib, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va mahalla faollari bilan hamkorlikda olib tashlandi.

Jumladan, Sh.Rashidov tumani Nurobod va Xorazmiy ko‘chalarida, Jizzax shahar Navoiy va Toshkent ko‘chalarida, Zarbdor tumani Yoshlik ko‘chasida ham o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan sunʼiy to‘siqlar bartaraf etildi. Аfsuski, ogohlantirishlarga qaramasdan fuqarolar tomonidan sunʼiy to‘siqlarni qayta o‘rnatish yoki shaxsiy avtomobillarni duch kelgan joyda qoldirish holatlari tez-tez takrorlanib turibdi.

Shu sababli, mazkur ko‘chalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, profilaktika inspektori, mahalla raisi va faollarga kelgusida o‘tish yo‘llarining doimo ochiq bo‘lishini taʼminlash vazifasi yuklatildi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Jizzax viloyatida 184 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, har uch yong‘inning ikkitasi yashash uylariga toʼgʼri kelayotganligining o‘zi fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga yetarlicha rioya etilmayotganligidan dalolat berayotgan bo‘lsa, o‘rnatilayotgan sunʼiy to‘siqlar ko‘rilayotgan moddiy zarar va talafot miqdorining yanada ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech