FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

Joylarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan respublika bo‘ylab, aholini favqulodda vaziyatlarning oldini oldini olish, yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha qator amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va hududiy boqashramalar tomonidan “O‘ziga va jabrlanuvchilarga shifokorgacha bo‘lgan birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishga o‘rgatish” mavzusida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar fikrimizning amaldagi isboti bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tadbir favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda Qizil yarim oy jamiyati xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda ishtirok etganlar avvalo favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, jumladan, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech