FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

Joylarda “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, Mendirman o‘sha!” shiori ostida tadbir tashkil etildi

Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 29 yilligi hamda 14-yanvar' — Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Kuni kecha Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa Mendirman o‘sha!” shiori ostida viloyatdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ekskursiya tashkil etildi.

Dastavval, bolalar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus muzeyiga yo‘l olib, u yerdagi eksponatlar va ularning tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng bolalar uchun Favqulodda vaziyatlar va Milliy gvardiya tomonidan qurollar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat baxsh etish maqsadida go‘zal kuy-qo‘shiq va raqslar namoyish etildi. Bolalar ijrosida Vatanni va mard o‘g‘lonlarimizni madh etuvchi she'rlar ijro etildi.

Bu kabi ekskursiyalar joylarda davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech