Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Joylardagi profilaktik tadbirlar

     Xabaringiz bor, 25 noyabr' kunidan 25 dekabr' kuniga qadar “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi”ni o‘tkazish e'lon qilingan.
Shu munosabat bilan, joylarda oylik doirasida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Sirdaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida olib borilayotgan tadbirlar yuoqarida bildirilgan fikrimizning amaldagi isboti bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, xususan, is gazi, havo-gaz aralashmasi chaqnashi, botulizm kasalligi va boshqa shu kabi ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha ob'ektlari hamda savdo bozorlarida o‘rganish, targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Bunda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli mutaxasislar tomonidan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

   Shuningdek, yangi yil bayramini xavfsiz va betalofat o‘tkazish maqsadida soha xodimlari ta'lim muassasalarida pirotexnika vositalaridan foydalanishning oqibatlari va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari borasida o‘quvchilarga zarur tavsiyalarni berib o‘tdilar.

     Eslatib o‘tamiz, bu kabi tadbirlar respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech