FVV ogohlantiradi:
13 noyabr kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

Kanal ichiga tushib ketgan mashina olib chiqildi

Joriy yilning, 13 oktabr kuni soat 14:40 larda 1050 qisqa qutqaruv raqami orqali Andijon viloyati Andijon tumani Nayman MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan “Jahon buyum bozori” savdo kompleksi va “Qorasuv” kiyim bozori o‘rtasidan oqib o‘tgan “Shaxrixonsoy”  tashlama kanali o‘zanida qizil rangli “Lasetti” rusumli avtomashina oqib ketayotganligi hamda uning ichida xaydovchi va yo‘lovchilari mavjud emasligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushadi.

Olingan tezkor xabar bo‘yicha Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi navbatchi guruhi zudlik bilan amaliy yordam ko‘rsatish va avtomashinani soydan olib chiqish maqsadida hodisa joyiga yetib borishdi.

Voqeaga oydinlik kiritilganda Andijon shahar Guliston MFYda yashovchi fuqaro M.U. o‘zining “Lasetti Gentra” rusumli avtomashinasini kanal qirg‘og‘iga vaqtinchalik saqlash uchun qo‘yib, saqlagich qo‘l tormozini ko‘tarmaganligi va erkin holatda soy qirg‘og‘ida qoldirganligi oqibatida avtomashina soyga sirg‘alib tushib, oqib ketganligi aniqlangan.

Qutqaruvchilar ehtiyot choralarini ko‘rgan holda, maxsus texnika va qutqaruv vositalari yordamida mashinani soy o‘zanidan zarar yetkazmasdan chiqarib, egasiga topshiridilar.

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech