Bugun, 23-mart kuni soat 11:11 da Samarqand shahri "Oqsaroy" MFY Ro‘dakiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan “Jiguli” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida ushbu hududdan oqib o‘tuvchi "Siyobcha" kanaliga tushib ketganligi haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, FVBning bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, avtomashinani kanaldan olib chiqdilar.
Hodisa natijasiga vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.
Hurmatli haydovchilar yo‘lda harakatlanganda yo‘l-harakati qoidalariga qat'iy rioya etishingizni so‘rab qolamiz.