FVV ogohlantiradi:
27-oktyabr kuni ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

Kanalga tushib ketgan fuqaro o‘z vaqtida qutqarildi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, Akademiya kursantlari O‘quv yong‘in-qutqaruv qismida favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatida yuzaga kelayotgan har qanday real va keskin vaziyatlarda ham ruhan, ham jismonan tayyor bo‘lishi, yuksak kasbiy mahorat hamda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘nalishlarida olayotgan nazariy bilimlarini amaliyotda samarali qo‘llab kelishmoqda.
Joriy yilning 3 fevral kunidan 29 fevral kuniga qadar respublikamizning barcha viloyatlarida Akademiyaning 5-bosqich kursantlari malakaviy amaliyotni o‘tash davrida bo‘lib, belgilangan obyektlar va aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.
Xususan, Kuni kecha 5-bosqich kursanti Bobur Abbosov, Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasida amaliyotni o‘tash davrida Namangan viloyati Uychi tuman Beruniy MFY hududidagi kanalda oqib ketayotgan odamga ko‘zi tushadi. Zudlik bilan yordamga shoshilgan kursant qisqa muddat ichida fuqaroni sog‘-salomat suvdan olib chiqdi.
Holat yuzasidan tezkor xabar berib, ko‘ngilsiz hodisani oldini olishda yordam bergan fuqarolarga Namangan viloyat FVB rahbariyati o‘z minnatdorligini bildirdi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech