Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

KAPITAN O‘TKIRBEK YO‘LDOSHEV - NUFUZLI TANLOV G‘OLIBI

Respublika Ilm-ma'rifat markazining “Ilmiy maqolalar” rasmiy saytida joriy yilning 1 avgustidan 30 oktyabriga qadar Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) miqyosida ilk marotaba tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi ilmiy maqolasi – 2021” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovi o‘tkazilishi e'lon qilingan edi.

Mazkur tanlovda Respublikamizdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, fan nomzodlari, magistrantlar, mustaqil tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari, Qurolli Kuchlar saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilardan jami 288 nafar nomzodlar ishtirok etib, shundan 57 nafar muallif saralanib olindi.

2021 yil 31 oktyarbda tanlovning saralash bosqichi yakunlanib, nufuzli komissiya tomonidan munosib nomzodlarning ilmiy maqolalari saralab olindi va respublika miqyosida foydalanish uchun to‘plam shaklida chop etildi.

Mazkur tanlovda FVV Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Dexqonobod tuman bo‘limi ofiseri, kapitan O‘tkirbek Yo‘ldoshev ilmiy maslahatchisi – FVV muassisligidagi “Muhofaza+” va “Vaziyat” gazetasi birlashgan tahririyati bosh muharriri v.b., taniqli jurnalist Azamat Suyunov rahbarligida “Favqulodda vaziyat, uning mohiyati, tasnifi, xususiyati va favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish usullari” mavzudagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, “Yilning eng yaxshi ilmiy maqolasi – 2021” muallifi sifatida e'tirof etildi.

2021 yilning 31 oktyabrida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida “Vodiychasiga kutib olamiz” shiori ostida tanlov g‘oliblarini tantanali ravishda taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, kapitan O‘tkirbek Yo‘ldoshev respublika Ilm-ma'rifat markazining ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan nufuzli tanlovlarida 3 marotaba ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib, barchasida sertifikat, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan edi.
Aslini olganda nafaqat ilmiy maqola, oddiy so‘zlardan bir jumla, bir jumladan bir butun ma'noli, chuqur mazmunga ega, o‘quvchi uchun esda qolarli bir yangilik yaratish juda mushkul. Buning uchun insondan chuqur izlanish, iqtidor, sabr-toqat talab etiladi.

To‘g‘ri, internet tarmog‘i orqali o‘zingiz istagan ma'lumotni olishingiz va undan istagancha foydalanishingiz mumkin. Lekin bizgacha meros bo‘lib kelgan kitoblarda internetdagi ma'lumotlardan ko‘ra aniq, chuqur isbot va dalillar bilan keltirilgan manbalar bisyor.

Kapitan O‘tkirbek Yo‘ldoshev ko‘hna va navqiron Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida maxsus sertifikat, ilmiy to‘plam, ko‘krak nishoni hamda guvohnoma bilan taqdirlandi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) miqyosida umumiy muammolarga doir masalalar bo‘yicha yoshlarning samarali takliflarini ishlab chiqishda, talabalararo ilmiy aloqalarni rivojlantirish hamda xalqaro va milliy andozadagi ta'lim tizimi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun kapitan O‘tkirbek Yo‘ldoshevning ilmiy maslahatchisi Azamat Suyunovga tashakkurnoma e'lon qilindi.aloqalarni rivojlantirish hamda xalqaro va milliy andozadagi ta'lim tizimi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun kapitan O‘tkirbek Yo‘ldoshevning ilmiy maslahatchisi Azamat Suyunovga tashakkurnoma e'lon qilindi. 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan “Yilning eng yosh olimi – 2022” tanlovida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritib, mazkur tanlovga  yo‘llanma berilgani meni judayam quvontirdi, – deydi kapitan O‘tkirbek Yo‘ldoshev. –Har gal onam bilan telefon orqali suhbatlashganimizda qarindoshlarimizning “O‘g‘lingiz o‘sadigan bola”, degan so‘zlarini bot-bot takrorlab turadilar. Barcha yutuqlarga erishishimda viloyat boshqarmasi hamda vazirlikda xizmat qilayotgan ustozlarimga, shular qatorida bag‘rikeng, iste'dodli jurnalist Azamat Suyunovga mingdan-ming rahmatlar aytaman,  – Umuman olganda, O‘tkirbekning o‘zi qobiliyatli, tug‘ma iste'dod sohibi. O‘qish-izlanishdan sira to‘xtamaydi. Biror-bir yangilikka qo‘l urishdan oldin albatta ustozlar bilan maslahatlashib oladi, – deydi jurnalist Azamat Suyunov. – Aslida, harbiylarning bo‘sh vaqti juda kam bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, “Izlagan imkon topadi” deganlaridek, O‘tkirbek vaqtdan unumli foydalanishning uddasidan chiqadi.   Pirovardida, shuni alohida ta'kidlab o‘tmoqchimizki, “Yilning eng yaxshi ilmiy maqolasi – 2021” tanlovida g‘olib chiqish hammaga ham nasib etavermaydi. Harbiy xizmatni o‘tash barobarida ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga imkon topayotgani tahsinga loyiq, albatta. O‘tkirbekning bu boradagi serqirra faoliyatiga ijodiy parvozlar tilaymiz!FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech