FVV ogohlantiradi:
4-8 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo'ladi.

Kasbiy mahoratni oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi

Yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni to‘g‘ri va xolis yoritishda davlat va jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaruvchi ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyosdir. Davlat boshqaruvi va xo‘jalik organlari Axborot xizmatlarining OAV bilan samarali hamkorlikni o‘rnatishi, axborot maydonida tashkilot nufuzini yanada oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ayni maqsadda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida Matbuot xizmati va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan vazirlikning hududiy Axborot xizmatlari xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Ta’kidlash joiz, malakali mutaxassislar tomonidan interaktiv usulda olib borilgan mazkur tadbirda, ishtirokchilar vazirlik faoliyatini OAVda yoritishning zamonaviy usullari, ekstremal holatlarda OAV bilan ishlash hamda OAV uchun tadbirlarning o‘ziga xosligi to`g`risida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech