Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Kazspas-2021” xalqaro qutqaruv ko‘pkurash musobaqalari o‘z yakuniga yetdi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi FVV qutqaruvchilari joriy yilning 23-27 sentyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan “Jer-2021” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari va “Kazspas-2021” qutqaruv yig‘in-seminari doirasida xalqaro qutqaruv ko‘pkurash musobaqalarida qatnashdi. 27 sentyabr kuni “Скальный город – Астана” o‘quv mashg‘uloti maydonida “Kazspas-2021” xalqaro qutqaruv ko‘pkurash musobaqalari va harbiy uchkurash qutqaruv musobaqalari ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika tezkor qutqaruv otryadi va G‘arbiy Qozog‘iston tezkor qutqaruv otryadi hamda harbiy qismlari harbiy xizmatchilari va qutqaruvchilar ishtirok etishdi.

Musobaqa doirasida ishtirokchilar “Texnogen ofatlar sharoitida qidiruv-qutqaruv ishlari”, “suvda qidiruv-qutqaruv ishlari” va “tabiiy muhitda qidiruv-qutqaruv ishlari”yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra jamoaviy 3 o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari, 2 o‘rinni G‘arbiy Qozog‘iston viloyati tezkor qutqaruv bo‘linmasi jamoasi, faxrli 1 o‘rinni Qozog‘iston Respublika tezkor qutqaruv otryadi jamoalari egalladi.
Yakunda g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Musobaqada qutqaruvchilar birdamlikni va favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini o‘tkazishda yuqori professionallikni namoyish etishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech