FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

Keksalarga ehtirom ko‘rsatildi

Keksa avlod vakillari, nuroniylarni ulug‘lash, ustoz va shogird an’analariga sodiq holda ularning boy va ibratli hayot tajribasini o‘rganish, qolaversa ularga doimo hurmatda bo‘lish, e’tibor va ehtirom ko‘rsatish mintalitetimizga hos bo‘lgan oliy fazilatlardan sanaladi.

Joriy yilning oktabr oyi davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, uning hududiy va tarkibiy tuzilmalarida keksalarni e’zozlashga qaratilgan bir qator tadbirlar tashkillashtirilmoqda.

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ham ana shunday tadbirlarning keng ko‘lamda o‘tkazilayotgani e’tiborga loyiq. Xususan, boshqarma xodimlari ko‘p yillar mobaynida boshqarma boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan polkovnik Axmedov Shuxrat Sherxanovichning uyiga tashrif buyurib, uning holidan xabar oldilar. Shu bilan birga, boshqarmada faxriylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilib, mazmunli davra suhbatlari o‘tkazildi.

Davra suhbatlarida, keksalar o‘z hayot tajribalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topishi va faoliyatning dastlabki yillaridagi qiyinchiliklar, bugungi yaratilgan sharoitlarning bekamu-ko‘stligi, tizimga berilayotgan katta e’tibor to‘g‘risida so‘z yuritib, o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Darhaqiqat, mamlakatimizda keksalarni har tomonlama rag‘batlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ular uchun nafaqat moddiy, ayni paytda katta ma’naviy-ruhiy madaddir. Yurtimizda bunday hurmat, e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun chuqur minnatdorlik tuyg‘usi fuqarolarimizning tinch va osuda hayoti, ertangi kunga bo‘lgan mustahkam ishonchida, yosh avlodni Vatanga, mustaqillikning buyuk g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘z ifodasini topmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech