FVV ogohlantiradi:
21 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3*S sovuq-2*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq -2*S iliq bo'ladi.

Kinologlar xizmat itlari ko‘rgazmasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoaviy birinchi o‘rinni egalladi

Mudofaa vazirligi va “Tabiat iti” klubi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari kinologiya xizmatlari hamda oddiy havaskorlar ishtirok etdi. Ushbu ko‘rgazmada Favqulodda vaziyatlar vazirligidan turli zotlarga mansub 11 nafar xizmat iti qatnashdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 nafar xizmat iti hakamlarning eng yuqori bahosiga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech