Joriy yilning 11 iyul kuni Fuqaro muhofazasi institutida Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari bilan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreya agentligi institutdagi Zilzilani simulyatsiya qilish majmuasiga tashrif buyurdilar.
Mehmonlar favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasidagi vazirlik faoliyati bilan yaqindan tanishib, zilzilalar tarixi muzeyi, ekspozitsiya zali va zilzila simulyatorida bo’ldilar.
Tadbir yakunida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreya agentligi vakillari FVV rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv va mehmondo’stlik uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi.