Mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini bu sohaga keng jalb etish, O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy ongi va dunyoqarashi, fuqarolik pozitsiyalarini vatanparvarlik asosida kamol toptirish maqsadida Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. http://mudofaa.uz/uz/lists/view/1130
Shu munosabat bilan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi loyihasi xususida fikr, mulohaza, taklif va istaklaringizni 2017 yilning 15 dekabr kuniga qadar quyidagi manzillarga yuborishingiz so‘raladi:
Mudofaa vazirligi elektron manzili: vatan@evo.uz, mv-vatan@mail.ru