Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Konstitutsiyaning 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

2017 yilning 4 dekabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, faxriylari hamda shaxsiy tarkibi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tantanali tadbirni Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev ochib berdi. U o‘z nutqida o‘tgan yillar davomida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi hamda tadbir ishtirokchilarini Konstitutsiyaning 25 yillik bayrami bilan qutladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan quyidagi harbiy xizmatchilar va xizmatchilar mukofotlandilar:

 «Do‘stlik» ordeni bilan - Doroshenko Svetlana Mixaylovna, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeoroligiya xizmati markazining Qashqadaryo gidrometeorologiya boshqarmasi boshlig‘i;

«Jasorat» medali bilan - YUlchiev Xislatjon Erkinovich (marhum), Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi qutqaruvchi-g‘avvosi;

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan - Sobirov Alijon Normurodovich, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi guruh komandiri;

«Shuhrat» medali bilan - Irisboev Zafar Abdullaevich, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari;

«Shuhrat» medali bilan - Kovlonov Dilmurod Ozodbekovich, Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi yo‘riqchi-qutqaruvchisi;

«Shuhrat» medali bilan - Mirzamuratov Muratbek Baymuratovich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi yo‘riqchi-qutqaruvchisi. 

Shuningdek, tadbirda ko‘p yillik samarali faoliyati mobaynida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlarida salmoqli hissa qo‘shgan vazirlikning bir guruh harbiy xizmatchi, xodimlari va faxriylari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.   

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar uchun estradamizning taniqli xonandalari tomonidan konsert dasturi taqdim etildi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech