Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
21 iyul kuni ob-havo kam bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 38-43 С, shimolda, janubda va cho'l hududlarda 44-45 С gacha issiq bo‘ladi.

Ko‘pkurash musobaqalari qizg’in pallada

Avval xabar berganimizdek, Bo‘stonliq tumanining “Chimyon” va “Chorvoq” dam olish hududlarida Qutqaruvchilar respublika ko‘pkurash musobaqalari bo`lib o`tmoqda.

Kuni kecha yo’l transport hodisasi oqibatlarini bartaraf etish tayyorgarligi bo‘yicha sinovlardan o‘tgan qutqaruvchilar jamoasi erta tongdan vayron bo’lgan bino inshootida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish bo‘yicha bahslarda ishtirok etdilar. Bunda o‘quv nuqtalaridagi murakkab shartlarga ko‘ra zilzila natijasida vayron bo’lgan binodan jabrlanganlarni qidirib topish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va ularning salomatligini muhofaza qilgan holda xavfsiz hududga evakuatsiya qilish borasidagi amaliy harakatlar bajarildi.

Qutqaruvchilarning har bir harakati malakali mutaxassislar tomonidan nazorat qilinib, amaliy jarayonlarda zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berib borilmoqda.

Musobaqaning ikkinchi kunida yosh avlod vakillari, Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi 8 va 13 maktablarining “Yosh qutqaruvchi” ko’ngillilar klublari a’zolari taklif etildi. Bo’lajak qutqaruvchilar musobaqaning bosqichlari va undagi qidiruv-qutqaruv ishlaridagi jarayonlar bilan atroflicha tanishdilar. Reallikka tenglashtirilgan musobaqa shartlari va professional qutqaruvchilarning harakatlari yosh qutqaruvchilarda katta ishtiyoq uyg’otdi. Ta’kidlash kerakki, tashkil etilgan tadbir, yosh avlod vakillarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilish borasidagi ko’nikmalarini mustahkamlashga hamda qutqaruvchilik kasbiga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun vayron bo’lgan bino inshootida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan jamoalar ertaga navbatdagi sinovlar uchun “Chimyon” tog‘lari bag‘riga yo‘l oladilar.

Musobaqa tafsilotlarini saytimizda kuzatib borishda davom eting.

O'xshash yangiliklar

Idoralararo kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi

2018 yil 18 iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy is…

O‘z vaqtida qutqarilgan qizcha

Joriy yilning 15 iyul kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida Todakol suv havzasining chomilish uchun moljallangan qismida, 2010 yilda tugilgan A.Z ismli qizcha ota-onasi bilan chomilishga keladi. Shu…

E’lon

Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida, Jamoatchilik kengashi tarkibiga nomzodlar korib chiqilayotganligi sababli, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ko`p yillar davomi…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech