FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

KORONAVIRUS INFEKSIYASI TARQALISHINING OLDINI OLISH TADBIRLARIGA BAG‘ISHLANGAN BRIFING

Joriy yilning 31 mart kuni Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limida joylashgan Jizzax viloyatida koronavirus yangi turining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha muvofiqlashtirish shtabida viloyat hududida koronavirus tarqalishining oldini olish borasidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
Mazkur tadbir muvofiqlashtirish shtabi a'zolari, mutasaddi tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tashkil etildi.
Tadbir davomida OAV vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora -tadbirlar to‘g‘risida”gi 176-sonli qarori ijrosi, xususan, viloyatda aholining sanitariya - epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda tashkilot, idora va muassasalar tomonidan olib borilayotgan ishlar, shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida atroflicha ma'lumotlar berildi.
Bundan tashqari, davlat idoralari va tashkilotlarda fuqarolar hamda tadbirkorlik sub'ektlari vakillarini qabul qilish, ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish tartibini imkon qadar “onlayn” rejimga o‘tkazish lozimligi ta'kidlandi.
Brifingda qaror dolzarbligi, undagi vazifalarni o‘z vaqtida bajarish lozimligi tushuntirilibgina qolmay, qaror ijrosi shaxsan Bosh vazir nazoratida ekanligi alohida qayd etib o‘tildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech