FVV ogohlantiradi:

Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytirildi

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida virusning yangi turining tarqalishini oldini olish maqsadida qator choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan bir kun davomida viloyatning shahar va tumanlaridagi jami 17 ta avtoshohbekatlarda 42500 m2, 83 ta bekatlarda 2075 m2, 25 km yo‘l yoqasidagi yo‘laklarda hamda 13 ta obyektlarda 32500 m2 maydonlarda dezinfeksiya tadbirlari olib borildi. Ta'kidlash kerak, mazkur tadbirlarga 12 ta maxsus texnika va 31 nafar shaxsiy tarkib jalb qilindi.
Shuningdek, viloyat favqulodda vaziyatlar, sog`liqni saqlash boshqarmalari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari va MFY raislaridan iborat jami 55 nafar xodimlar tomonidan uyma-uy yurish orqali 10 ta shahar va tumanlarda jami 278 ta aholi xonadonlarida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borildi. O‘tkazilgan tadbirlar davomida 272 dona eslatmalar tarqatildi.
Bundan tashqari, viloyat Transport boshqarmasi dezinfeksiya stansiyasi bilan hamkorlikda viloyat hududida joylashgan 205 ta transport uyushmalarida va avtoshoxbekatlarda jami 709 ta transport vositalari dezinfeksiya qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech