FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

Koronavirusga qarshi kurashish bo'yicha xayriya tadbirlari o'tkazilmoqda

Bugun 20 mart kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Respublika “Qizil Yarim oy” jamiyatining Toshkent shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorligida poytaxtimizning aholi gavjum yig‘iladigan joylarda, shuningdek,  imkoniyati cheklangan, nogiron fuqarolarimizning uylariga borib (COVID-19) koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish va epedimiologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida turli xildagi niqoblar, nam salfetkalar, qo‘l yuvish vositalari hamda koronavirus infeksiyasidan himoyalanish bo‘yicha qo‘llanmalar, bukletlar tarqatildi. Bu kabi ezgu ishlar shahar aholisi o'rtasida tojdor virusga qarshi kurashish hamda keng tarqalishini oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashishiga ko'mak beradi. Eslatib o'tamizy xariya tadbirlari shahrimiz bo‘ylab davom ettirilmoqda.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech