Ushbu mavzuda tashkil qilinayotgan o‘n kunlik doirasida O‘zbekiston harbiy sudi xodimlari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVBda uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi O.Jumaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Harbiy sudi raisining yordamchisi A.Xojanazarov va Nukus harbiy sudi raisi S.Kushatovlar ishtirok etdilar.
Tadbirda boshqarma va uning joylardagi bo‘limlari harbiy xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini oshirish, “Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” tamoyilini hayotga tatbiq etish poraxo‘rlik eng yomon illat ekanligi, uning ayanchli oqibatlari haqida fikr yuritildi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.