Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusiga bag‘ishlandi


Joriy yilning 29-noyabr kuni Navoiy shahri markazida joylashgan “Yoshlar” madaniyat saroyida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Navoiy viloyat Harbiy prokuroturasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar mas'ul xodimlari ishtirokida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida kengaytirilgan seminar tashkil etildi. Unda viloyati FVB va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida Yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazining harbiy xizmatchi va xizmatchilari ishtirok etishdi.


Tadbir davomida tegishli mas'ul xodimlar tomonidan yig‘ilganlarga korrupsiya va uning kelib chiqish sabablari hamda sodir bo‘lgan holatlar haqida misollar bilan batafsil tushuncha va ma'lumotlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech