Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq

Kuni kecha, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Qarshi Harbiy prokuraturasi va boshqa daxldor tashkilotlar xodimlari hamkorligida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarni o‘tkazishdan maqsad shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, seminar davomida mas'ul xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida respublikkamizda qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, ushbu illatning mamlakatimiz rivoji uchun katta xavf solishi, uni keltirib chiqaruvchi omillarini bartaraf etish hamda hamkorlikda kurash olib borish yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech